Bilasizmi? "Milan" ketma-ket 24 ta o‘yindan buyon "Atalanta"dan gol o‘tkazib yubormoqda
Xabaringiz bor, kecha “Atalanta” A Seriyaning 36-turida safarda “Milan” bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.
E’tiborlisi, bergamoliklar “rossonerilar”ga qarshi kechgan ketma-ket 24-o‘yinda ham raqib darvozasini ishg‘ol etishni uddalashdi. Opta statistik nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bu “Atalanta” klubining shaxsiy rekordiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, “Atalanta” ayni damda A Seriyani 2-o‘rinda yakunlashga juda yaqin turibdi.

Fikrlar