Bilasizmi? "Paxtakor" joriy yilgi mavsumda 83 ta to‘p kiritdi

  • 29 avgust, 2019, 17:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozircha 32 uchrashuvda maydonga tushgan toshkentliklar 83 to‘p kiritishdi. Bir o‘yinda raqib darvozasi o‘rtacha 2,6 martadan ishg‘ol etib kelinmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Tecno

Chempionlar ligasida 8 o‘yinda 11, O‘zbekiston Kubogida 2 bahsda 7, Liga Kubogida 4 bellashuvda 7 va Superligada 18 bahsda 58 to‘p kiritilgan. E’tiborlisi, Superligada "Paxtakor" 58 gol bilan bu borada mutloq peshqadam bo‘lib turibdi.

Shota Arveladze shogirdlariga eng yaqin jamoa "Lokomotiv" hozircha 30 talik dovonni ham zabt etmagan - ular 29 gol urishga erishgan.

"Paxtakor" hisobida hozircha 8ta yirik g‘alaba mavjud. Ikkinchi davrada ketma-ket 4 bahsda yirik zafarlar qo‘lga kiritildi. Mavsum tugashiga 8 tur qolganda eng yaqin ta’qibchi bilan farq 15 ochkoni tashkil etmoqda. Keyingi o‘yinlarda yana 10 ochko to‘plangan taqdirda "Sherlar" 12-bor O‘zbekiston chempioniga aylanishadi.

Superligada to‘purarlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Dragan Cheran 22 gol bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Unga eng yaqin futbolchi 11 to‘p muallifi bo‘lgan. Cheranning o‘zi Superligada 8 jamoadan ko‘proq gol urgan va yana 2 jamoa bilan bir xil to‘p kiritgan. Faqatgina uch jamoa Dragandan ko‘proq gol urishga erishgan. Cheran hozirgacha 2 xet-trik va 6 marta dubl muallifiga aylanib ulgurdi. Joriy mavsumda u Superligada 10 jamoa darvozasini ishg‘ol qildi. Faqat "Nasaf", "Surxon" va "Dinamo" darvozalarini hozircha ishg‘ol eta olmadi. Igor Sergeev hisobida 10 gol mavjud bo‘lsa, Marat Bikmaev 8 to‘p kiritgan. Hujumdagi ushbu uchlik Superligada 58 goldan 40tasini urib bergani e’tiborga molik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!