Bir imzo bilan ikki rekord urildi
Odatda Evropaning grand klublariga iste’dodli futbolchilarni sotish bilan katta daromad qiladigan “Benfika” yangi mavsum oldidan o‘nga yaqin iste’dod egalarini sotib olmoqda.
Lissabonliklarning oxirgi transferi klub tarixida eng kattasi bo‘ldi. “Benfika” rahbariyati Ispaniya Segundasi vakili “Almeriya”dan 21 yoshli Darvin Nunes transferi uchun 24 million evro to‘ladi. Urugvaylik futbolchi yangi jamoasi safida besh yil o‘ynaydi.
Bu “Benfika”ning eng katta xaridi bo‘lish bir qatorda Segunda tarixida ham rekord transfer sifatida qayd etildi. “Almeriya” bu futbolchini o‘tgan yili “Penyarol”dan 8,5 million evroga sotib olgan edi. U yakunlangan mavsumda 30 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi.

Fikrlar