
Birgina qaror bilan Ronaldu va Neymardan voz kechishdi
Yangi mavsumda o‘z oldiga katta marralarni qo‘ygan "Chelsi" klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish yo‘llarini izlamoqda.
"Evening Standard" nashri kutilmagan ma’lumotni e’lon qildi. Unga ko‘ra, "aristokratlar" Rahim Sterling transferi bilan cheklanib qolmoqchi emas. Ammo Londonga keladigan futbolchini faqatgina bosh murabbiy tanlaydi.
Shu bois, rahbariyat short-listida bo‘lgan Krishtianu Ronaldu va Neymar ro‘yxatdan o‘chirildi. Tomas Tuxel "Chelsi"ning hozirgi tarkibiga bunday yulduzlar kerak emas deb hisoblaydi. Nemis mutaxassisi ular qolganlardan ajralib qolishidan qo‘rqadi.
Avvalroq, Ronaldu Chempionlar ligasida ishtirok etayotgani uchun "ko‘klar" tarkibiga kelib qo‘shilmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar