Bizga Fayzullaevning gollarini ko‘rsatishyapti

  • 3 fevral, 2024, 16:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaevning klubi TsSKA mavsumning ikkinchi yarmiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. 20 yoshli hujumkor futbolchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Osiyo kubogida ishtirok etayotgani bois, “armiyachilar”ning  qishki yig‘inlaridan ozod etilgan.

Tecno

Osiyo kubogidagi ishtiroki yakunlanganidan keyin legionerimizga o‘zini tiklab olishi va biroz hordiq chiqarishi uchun TsSKA mutasaddilari tomonidan ma’lum muddatga ta’til berilishi ko‘zda tutilgan.

IMG_1344

Yaqinda TsSKA klubi Turkiyadagi yig‘ini davomida O‘zbekiston Superligasi ishtirokchisi “Andijon” bilan o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkazgan edi. Bellashuvda Anton Zabolotniy va Tamerlan Musev kiritgan gollar “armiyachilar”ga 2:0 hisobida g‘alaba keltirdi.

Ushbu bahsdan keyini TsSKA himoyachilaridan biri Ilya Agapov “Match TV” jurnalistlariga bergan intervyusida klubda Abbosbek Fayzullaev va O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qatar mezbonlik qilayotgan qit’a chempionatidagi ishtirokini kuzatib borishayotganini aytdi.

— TsSKA O‘zbekistondan kelgan jamoa bilan o‘ynadi. Hozir Abbosbek Fayzullaev o‘z mamlakati terma jamoasi safida Osiyo kubogida juda yaxo‘shi o‘yin ko‘rsatyapti. Uning o‘yinlarini kuzatib boryapsizlarmi?

— Albatta, kuztyapmiz. Jamoamizning ijtimoiy tarmoqdagi chatlariga uning gollari aks etgan videolar joylanyapti, chatning o‘zida uni tabriklab, o‘yinini maqtayapmiz.

— Ko‘pchilik Abbosbekni Rossiya Premer-ligasining eng zo‘r o‘yinchilaridan biri sifatida e’tirof etmoqda. Uning chempionatimizga shuncha tez ko‘nikib ketganidan hayratlandingizmi?

— Abbosga ofarin. Uning juda tez moslashib ketgani meni hayratga solgani yo‘q.

Chunki Fayzullaev yuqori darajada o‘ynash uchun yaxshi sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan.

IMG_1365

Abbosbek Fayzullaev o‘tgan yilning avgustida “Paxtakor”dan TsSKAga transfer qilindi. Bu transferdan toshkentliklar 500 ming evro ishlab oldi.

Fayzullaev qisqa fursatda TsSKAning asosiy tarkibiga yorib kirdi. Mavsumning birinchi yarmida Premer-liga va mamlakat kubogida jami 18 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 9 ta golli pas uzatdi.

Rossiya futbol jamoatchiligining aksariyat vakillari o‘zbek futbolchisini Premer-liganing asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etdi.

Abbosbek Fayzullaev Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogida ham o‘zini etakchilik qobiliyatini namoyish qilmoqda. U Hindiston futbolchilariga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda terma jamoamizning musobaqadagi gollari hisobini ochdi va birinchi bo‘lib golli pas uzatdi.

Nimchorak finalda Tailand bilan bo‘lgan qiyin to‘qnashuvda raqib darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritib, terma jamoamizni keyingi bosqichga olib chiqdi.

IMG_1694_1

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan bahsda Qatar futbolchilari bilan kuch sinashadi. Bu bahs 3 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 19:30 da boshlanadi.

O‘zbekiston Qatarni yutadimi? Terma jamoamizni yaxshi biladigan ekspertlar xulosasi

Legionerimiz transferiga qanday baho berishdi?

TsSKA Fayzullaevni qo‘yib yuborishi kerak!

Fayzullaev TsSKAda uzoq qolmaydi – Evropaga ketadi!

Aniq chorlov bor: Fayzullaevga Evropaga ketish yo‘lini o‘rgatishdi!

Markaziy Osiyoda Eldor Shomurodov darajasidagi futbolchi yo‘q!

Irismetov Rossiya klublariga O‘zbekiston va Tojikistondan o‘yinchi tanlab berdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
03/02/2024 15:43
"Мавсумнинг биринчи ярмида Премьер-лига ва мамлакат кубогида жами 18 та учрашувда иштирок этиб, рақиблар дарвозасини икки маротаба ишғол қилди ва жамоадошларига 9 та голли пас узатди".
Ушбу жумлалар, 1-2 ойдан бери, Аббос ҳақидаги ўндан ортиқ хабар ва мақолаларда ишлатилди. Нима, журналистлар шунчалик, сўзга қашшоқми?! Озроқ, кўзларингнинг нурини тўкиб, меҳнат қилсанглар бўлмайдими?!
&
Samandar2002
03/02/2024 11:16
20:30 oʻyin vaqti