Bizga o‘tsang, boy bo‘lasan!
“Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi Alexandro Garnacho Erik ten Xag jamoasida o‘zini ko‘rsata boshladi. 18 yoshli yarim himoyachi so‘nggi to‘rtta uchrashuvda ikkitadan gol va assist qayd etdi.
Uning harakatlari klub rahbariyatiga ma’qul kelmoqda. “Manchester Yunayted” o‘z tarbiyalanuvchisiga yangi shartnoma berib, uning maoshini o‘n barafar oshirmoqchi.
Agar Alexandro yangi bitimni qabul qilsa, “Manchester Yunayted” unga haftasiga 50 ming funt maosh to‘laydi.
Goal nashrining ta’kidlashicha, “Chelsi” iste’dodli o‘yinchini o‘z safiga og‘dirib olmoqchi. Londonliklar argentinalik futbolchidan manchesterliklar bilan yangi bitim tuzmaslikni va yozda erkin agent sifatida “aristokratlar” jamoasiga qo‘shilishni taklif qilyapti.

Fikrlar