Bizga Ramos kerak emas!

  • 02.06.2021 19:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagan Serxio Ramosga “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola xaridor bo‘layotgani xabar qilingan edi.

Biroq, “shaharliklar” rahbariyati ularda ispan himoyachisining xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligi haqida ma’lum qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Siti” xo‘jayinlari jamoadagi o‘yin vaqtidan norozi bo‘lib yurgan Natan Ake va Emerik Laport jamoadan ketgan taqdirda ham Serxio Ramosga hech qanday taklif bildirilmaydi.

Mutaxassislar bundan mish-mishlarni futbolchining agentlari o‘yinchiga nisbatan boshqa klublar e’tiborini jalb etish va “Real” rahbarlarini Ramosga talab katta ekaniga ishontirish uchun atayin tarqatishini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!