
Boks. 3 nafar hamyurtimizning barchasi jahon chempionatida ishonchli g‘alabaga erishdi
Hindiston mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Ma’lum qilganimizdek, unda uch nafar hamyurtimiz saralash bosqichida o‘z janglarini o‘tkazishdi. E’tiborlisi, ularning barchalari g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l olishdi.
-48 kg: Farzona Fozilova - Snejana Siljkovich (Serbiya) 5:0
-63 kg: Xadichabonu Abdullaeva - Elena Yanichievich (Serbiya) 5:0
-66 kg: Navbahor Hamidova - Manju Bamboriya (Hindiston) 5:0
Fikrlar