Boks. Aziza Zokirova jahon litsenzion turnirini g‘alaba bilan boshladi!

  • 27.05.2024 17:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks

Tailanddan xushxabarlar kelishi davom etadi. -75 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Aziza Zokirova jahon litsenzion turniridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Vakilimiz bundan biroz avval dastlabki bosqichda latviyalik Kitiya Zarberga bilan bahs olib bordi va g‘alabaga erishib keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Aziza Zokirova ikkinchi davra jangini 1 iyun kuni o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!