
Boks. Bahodir Jalolov azaliy raqibini engib, jahon chempioni bo‘ldi
91+ kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov hal qiluvchi jangda qozog‘istonlik Kamshibek Konkabaevga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli tarzda kechgan bahs so‘nggida hakamlar bir ovozdan bokschimizning g‘alabasini qayd etishdi.
Shu tariqa, Jalolov terma jamoamiz hisobiga uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Shahobiddin Zoirov (-52 kg) va Mirazizbek Mirzahalilov (-57 kg)lar shohsupaning eng yuqorisidan o‘rin olishgan edi.
Fikrlar
Ха. Булар бизларнинг Узбекларнинг БАХОДИРЛАРИ эди.
БУЛАР УЗБЕКИСТОНИМИЗНИНГ ФАХРИ, УЗБЕКИСТОНИМИЗ МУШТИ ЗУРЛАРИ ЭДИ.
ОФАРИН !!! КОЙИЛ !!! ТАСАННО !!!