
Boks. Yoshlarimiz Osiyoni zabt etdi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailandning Bangkok shahrida Yoshlar va 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar ishtirokida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun musobaqaning yoshlar (U-19) o‘rtasidagi final bahslari bo‘lib o‘tdi. Yakunlarga ko‘ra, jamoamiz 7 ta oltin, 3 kumush va 3 ta bronza medali bilan tugatdi. Umumjamoa hisobida esa medallar jamg‘arishda birinchi bo‘ldik. Bizdan keyin naqd 4 ta oltin kam, Hindiston va Xitoy jamoalari joylashdi. Qozog‘istonga esa beshinchi o‘rin nasib etdi.
Oltin medal:
-65 kg. Jahongir Zayniddinov
-70 kg. Abdulaziz Jo‘raqulov
-80 kg. Norbek Abdullaev
-85 kg. Samir Sobirov
+90 kg. Islam Salihov
-60 kg. Sevara Mamatova
+80 kg. Sobiraxon Shahobiddinova
Kumush medal:
-75 kg. Muhammadjon Yaqupboev
-48 kg. Maftuna Musurmonova
-70 kg. Rayhona Qurbonboeva
Bronza medal:
-60 kg. Abdurahmon Mahmudjonov
-75 kg. Maftuna Yangieva
-80 kg. Ruxshona Parpieva
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Fikrlar