Bokschilarimiz Grozniydagi xalqaro turnirda ishtirok etadi. Tarkib bilan tanishing!
Ma’lumki, Checheniston markazi bo‘lmish Grozniy shahrida har yili havaskor boks bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir tashkil qilinadi. Navbatdagisi 14-19 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi va tabiiyki ushbu turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Terma jamoamiz kuchli tarkib bilan Grozniy shahriga yo‘l oldi. Quyida, qanday tarkib bilan turnirda ishtirok etishimiz borasida ma’lumot berib o‘tamiz.
-52 kg Mironshox Ibragimov
-56kg Umidjon Jo‘raev
-64kg Shukurjon Rahimov
-64kg Sulaymon Latipov
-69kg Temur Saidov
-75kg Saidjamshid Jafarov
-81kg Odiljon Aslonov
-81kg Suxrobjon Qayumov
-91kg Amirshox Samadov
Murabbiylar: Xamza Avezov hamda Ravshan Xodjaev.

Fikrlar