Bokschilarimiz Qozog‘istonda g‘alaba qozondi
Qozog‘istonda 2004-2005 yillarda tavallud topgan yosh bokschilar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda charm qo‘lqop ustalarimiz to‘rtta oltin va ikkitadan kumush hamda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Musobaqada mezbonlardan tashqari, O‘zbekiston, Rossiya va Qirg‘izistondan kelgan 250 nafarga yaqin bokschi g‘oliblik uchun ringga ko‘tarildi.
Muzaffar Usmonov va Suhrob Bobonazarov boshchiligidagi terma jamoamiz safida Xojiakbar Mahmudov (-42 kg), Mirkomil Saidohunov (-48 kg), Aman Konsbekov (-60 kg) va Alisher Ayubov (-66 kg) barcha raqiblarini engib oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, Muhammadali Fozilov va Mirzajon Ahmedov finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medal sohibiga aylandi. Abdulhamid Abdulhafizov hamda Murlibek Menliboev o‘z vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar