Bokschilarimiz raqiblarini hayratga solmoqda

  • 20.11.2016 11:56
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan  boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda. 

AIBA  tarixida yigirmanchi marotaba o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada  dunyoning eng iqtidorli 350 nafardan ziyod bokschilari g‘oliblik uchun ringga chiqmoqda. 

O‘zbekiston  terma jamoasi a’zolaridan 56 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Shunqor Abdurasulov italiyalik Matteo Pirreraga qarshi o‘tkazilgan jangda, raqibidan har tomonlama ustunligini isbotlab, uchrashuvni 5:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. 

Og‘ir vazn - 91 kilogramm vazn toifasidagi janglarini boshlagan Shohruz Rahimov Xitoy vakili Remula Abudureksitiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va ishonchli g‘alaba evaziga keyingi davraga o‘tdi. 

Bokschilarimizning g‘alabali odimini Otabek Xolmatov ham davom ettirdi. Dastlabki uchrashuvda qirg‘izistonlik Fathiddin Hamroevni enggan bokschimiz ikkinchi davrada vengriyalik Ishtvan Jakani 5:0 hisobida taslim qildi. 

Afsuski, hamyurtlarimizdan bir nafari - eng engil 49 kilogramm vazn toifasidagi jangda qatnashgan Abduvohid Ma’rufxonov musobaqani tark etadigan bo‘ldi. Bokschimiz birinchi uchrashuvdayoq xitoylik Zeksin Chenga yutqazib qo‘ydi. 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!