
"Borussiya D" yozda "Yuventus"ning asosiy darvozabonini sotib olmoqchi
"Borussiya" Dortmund rahbariyati "Yuventus" darvozaboni Voytsex Shesnining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Transfermarketweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis grandi 30 yoshli posbonni yozgi transferlar davrida sotib olmoqchi va buning uchun turinliklarga 30 million evro to‘lashga tayyor.
Shesni joriy mavsum "Yuventus" safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 27 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar