Bosh bilan urish mana bundoq bo‘ladi! Xet-trik qilgan legionerimiz to‘purarlar poygasida etakchiga aylandi

  • 9 may, 2021, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qozog‘iston premer-ligasida “Aktobe” sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev 10-turning haqiqiy qahramoniga aylandi.

“Jetisu” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda mezbonlar oltinchi daqiqada hisobni ochgan bo‘lishiga qaramay, “Aktobe” o‘zbekistonlik legioner harakatlari evaziga bahsni katta farq bilan yakunladi – 1:5.

881f2-igor-sergeyev

Irodali g‘alabaga erishilgan ushbu bellashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlagan Igor Sergeev o‘yinda xet-trik qayd etdi. E’tiborlisi, u uchala golni ham bosh bilan urdi. Bu jahon futbolida ham kamdan-kam kuzatiladigan holat.  

Shu tariqa, Igor Sergeevning Qozog‘iston premer-ligasida urgan gollari soni oltitaga etdi. Bungacha, hujumchimiz “Tobol”, “Ordabasi” va “Taraz” jamoalari darvozasini ham ishg‘ol qilgandi. Ayniqsa, “Ordabasi”ga qarshi bahsda mayon markazidan urgan goli ancha shov-shuv bo‘lgani ham bor gap.

“Aktobe” Igor Sergeev to‘p kiritgan uchrashuvlarda jami besh ochkoga ega bo‘ldi. Umuman olganda esa, “Aktobe” premer-liga doirasidagi o‘nta uchrashuvdan uchtasida zafar quchdi, uch marta durang o‘ynadi, to‘rt bor mag‘lub bo‘ldi. Jamoa jami 12 ochko to‘plagan bo‘lsa-da, Sertifikatsiya komissiyasi tegishli talablarni buzgani uchun klubdan uch ochkoni olib tashlagan.

Hozircha, ushbu jamoa hisobida qolgan 9 ochko bor va ular musobaqa jadvalida o‘ninchi o‘rinda bormoqda.

Igor Sergeev legioner sifatida birinchi bor xet-trik qayd etdi. Shu orqali premer-liga to‘purarlari poygasida peshqadamlik qilayotgan braziliyalik hujumchi Joao Pauloga etib oldi. Har ikki to‘purar hisobida oltitadan gol bor. Igor faoliyati davomida avval Xitoy va  Birlashgan Arab Amirliklari chempionatlarida ham to‘p terganini yaxshi bilasiz. “Beytszin Goan” jamoasi safida 14 ta o‘yin bitta gol urgan bo‘lsa, “Az-Zafra” uchun oltita bahsda bitta to‘p kiritgan edi.

“Paxtakor” tarbiyalagan Sergeev  O‘zbekiston milliy chempionatlari tarixida “sherlar” tarkibida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. U “Paxtakor”da jami 180 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 101 marta aniq nishonga olgan.

serg_1

Tajribali hujumchi “Paxtakor” safida to‘rt karra O‘zbekiston chempioni, ikki karra mamlakat kubogi sohibi, bir bor chempionat bronza medali sovrindori bo‘lgan. Bundan tashqari, Igor Sergeev 2015 yilgi chempionat yakunlariga ko‘ra, musobaqaning eng yaxshi to‘purari  unvoniga sazovor bo‘lgan edi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Igor Sergeev ayni paytda “Jenoa” sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodovdan keyin ikkinchi hujumchi hisoblanadi. Mohir to‘purar mamlakatimiz bosh jamoasi uchun 54 ta o‘yinda, 17 ta to‘p kiritgan.

Shu o‘rinda, “Aktobe”dagi faoliyati Igor Sergeev uchun kuchliroq chempionatlarga o‘tishida tramplin bo‘lishi kutilyapti. Yaqinda futbolchimizning agenti Igorga Evropaning kuchli klublaridan takliflar borligini, transfer bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilayotganini  tasdiqlagan edi.

IMG_7827

Shuningdek, Sergeevning agenti mijoziga Osiyoning grand klublaridan tashqari, Ruminiyaning ikki jamoasidan aniq taklif bo‘lgani, biroq hujumchining o‘zi oldiga Evropaning kuchliroq chempionatlarida to‘p tepishni maqsad qilib qo‘yganini ham ta’kidladi.

Transfermarkt o‘zbekistonlik to‘purarning Angliya klubiga o‘tish imkonini baholadi!

A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti!

Ikki klub O‘runov sababli tortishyapti!

Shomurodovning ortidan kim boradi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!