Bosh murabbiy bilan gaplashmasdan, hech qayoqqa ketmayman!

  • 4 iyul, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sky Sports nashrining xabar berishicha, “Chelsi” markaziy himoyachisi Levi Kolvill faoliyati bo‘yicha bir qarorga kelib olishi lozim.

20 yoshi futbolchiga “Brayton”dan jiddiy taklif bo‘lyapti. Bu klub yosh o‘yinchi uchun 40 million funt to‘lashga tayyor.

Levi Kolvill hali bu transferga rozilik bergani yo‘q. U bir qarorga kelishdan oldin, “Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan kelajagi haqida suhbatlashib olishni istayapti.

Avvalroq, Pochettino iqtidorli o‘yinchini asosiy tarkibga kiritmoqchi ekani haqida xabarlar tarqatilgandi. Agar shunday bo‘lib chiqsa, Kolvill klubda qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!