Boyan Matich: "Paxtakor"ga kelishimdan oldin chempionlik haqida o‘ylamagan edim"
Superliganing 24-turi doirasida "Paxtakor" o‘z maydonida "Surxon"ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng "sherlar"ga Superliga kubogi topshirildi. Toshkentliklar hujumchisi Boyan Matich hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi:
- "Paxtakor" jamoasi safida chempionlikni qo‘lga kiritganimdan xursandman. Oldinda yana bir qator muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Chempionat bahslaridan tashqari, kubokda ham g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
"Paxtakor"ga kelishimdan oldin chempionlik haqida o‘ylamagan edim. Lekin, "sherlar" grand klub ekanligini bilar edim. Jamoa bilan birgalikda harakat qilib, oltin medallarni qo‘lga kiritishning uddasidan chiqdik.
Uyga chempion sifatida qaytish, oila a’zolarimni ham kayfiyatini ko‘taradi. "Paxtakor" safida yosh iqtidorlar ham, tajribali futbolchilar ham mavjud. Biz bir maqsad yo‘lida birlashib, chempionlikni qo‘lga kiritdik. Endi kelasi mavsum OChLda ham muvaffaqiyat qozonishga harakat qilamiz.
Manba: pfl.uz

Fikrlar