“Brentford” O‘rinboevning o‘yinini qanday baholadi?

  • 06.03.2024 17:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

“Paxtakor”ning iste’dodli tarbiyalanuvchisi Muhammadali O‘rinboev zamonaviy futbol vatani – Angliyada o‘z nomini tanitishga harakatga qilmoqda.

Qishki transferlar vaqtida “Brentford”ga ijaraga berilgan 18 yoshli futbolchi “Brentford B” jamoasida o‘zining ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Aslida Muhammadalining fevral oyida “Reding U-21” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan debyut bahsidagi o‘yini ham mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan edi.

photo_2024-02-24_00-12-55

“Xitchin Taun” maydoniga o‘rtoqlik bellashuvini ham legionerimiz boshlang‘ich tarkibda boshla, 73 daqiqa faol harakat qildi. O‘rinboev 4:1 hisobida “Brentford B” g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda bitta assist qayd etdi.

“Brentford” klubi rasmiy sayti ushbu bahsga bag‘ishlangan hisobot maqolasida o‘zbekistonlik futbolchining o‘yinini alohida tilga oldi.

- “Brentford B” futbolchilari “Top Fild” arenasida o‘tkazilgan uchrashuvda “Xitchin Taun”ga kuchlilik qildi va 4:1 hisobida zafar quchdi. Yosh “asalarilar” 90 daqiqada davomida hujumkor o‘yin namoyish qildi.

Muhammadali O‘rinboev maydon markazida erkin ijodkor sifatida to‘p tepdi. Dastlab, u ajoyi pas bilan Ivan Morganni juda qulay vaziyatga olib chiqdi, biroq darvozaga yo‘llangan zarbasi “Xitchin Taun” posboni Charli Xorlok bartaraf etdi.

photo_2024-03-06_11-56-59

Keyinroq O‘rinboev zo‘r pas bilan Eshli Xeyni raqib jarima maydonchasiga kirishini ta’minladi, bu vaziyatda ham raqib darvozaboni to‘g‘ri pozitsiya tanlash evaziga to‘pni qaytarib qolishni uddaladi.

Kreativ o‘yin namoyish qilgan O‘rinboev yana bir ideal pas bilan to‘pni Brayerliga juda qulay tarzda etkazib berdi, bu galgi zarbani Xorlok qaytara olmadi, - deb yozdi brentfordfc.com rasmiy sayti.

Ta’kidlash joizki, Muhammadali O‘rinboev universal hujumkor futbolchi hisoblanadi. 18 yoshli legionerimiz har ikki qanot vingeri, hujumkor yarim himoyachi sifatida ishonchli o‘yin namoyish qila oladi. Angliyalik mutaxassislar uning aniq va qulay pas berish mahoratini ham alohida e’tirof etmoqda.

Endi, “Brentford”ning iste’dodli yosh o‘yinchilari navbatdagi o‘rtoqlik uchraguvini 11 mart kuni o‘tkazishi ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, yosh "asalarilar" safar uchrashuvida “Reynjers B” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Aslida bu bahs o‘tgan yili dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq ob-havoning noqulay kelganligi sababli o‘yin keyinroqqa qoldirilgan edi.

photo_2024-03-06_12-26-29

Muhammadali O‘rinboevning “Brentford” bilan tuzgan ijara shartnomasi joriy yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

Ular orasida to‘rt nafar o‘zbek futbolchisi bor...

O‘rinboev Angliyaga qanday borib qoldi?

Legionerimiz Angliyada o‘yin o‘tkazadi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
06/03/2024 17:56
Омад ёр болсин