Britaniyaning eng boy odami frantsuz klubini sotib olmoqchi
Britaniyalik multimilioner ser Jim Retkliff Frantsiyaning "Nitstsa" klubini sotib olmoqchi. Bu haqda Nice-Matin nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Retkliff ushbu jamoa uchun 101 mln evro to‘lashga tayyor. Ayni damda frantsuz klubi rahbariyati ushbu taklifni o‘rganib chiqmoqda, biroq ular tez orada unga rozilik bildirishlari aytilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 66 yoshli Retkliff Buyuk Britaniyaning eng boy odami hisoblanadi. Bu uning “Nitstsa”ni sotib olish borasida bildirgan ikkinchi taklifi hisoblanadi. U bundan avval qishda ham “Nitstsa”ga o‘z istagini bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Nitstsa” o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 7-o‘rinni egalladi.
Fikrlar