Bu erda Shomurodov haqida yaxshi gaplar bo‘lyapti

  • 4 avgust, 2023, 18:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov faoliyatidagi navbatdagi burilish nuqtasi “Kalyari” bo‘ldi. Boshlanayotgan mavsum o‘zbekistonlik legioner uchun A Seriyada to‘p tepishga qodirligini isbotlaydigan so‘nggi imkoniyat deyish mumkin.

Tecno

Hujumchimiz debyut mavsumida “Jenoa”da porlagani bois, “Roma” va “Spetsiya”dagi omadsiz davrlarga qaramay, hamon unga ishonch bildirayotganlar bor. Eng muhimi, “Kalyari”ning mashhur murabbiyi Klaudio Ranerining forvardimizga bo‘lgan ishonchi yuqori va unga asosiy tarkibda muntazam ravishda o‘yin amaliyoti berishga tayyor.

363356988_830894138397941_1529027445395166799_n

Italiya matbuoti “Kalyari”ning murabbiylari yangi mavsumda oldingi chiziqda Eldor Shomurodovga suyanish mumkinligini yozmoqda. Chunki jamoaning asosiy hujumchisi Janluka Lapadula og‘ir jarohat olgan.

Tahlilchilar Klaudio Raneri hujum uchligini Eldor Shomurodov, jamoa sardori Pavoletti va o‘zini ko‘rsata boshlagan Luvumbodan tuzishi kerak, degan g‘oyani ilgari suryapti.

Ranerining o‘zi ham, boshqa mutaxassislar ham Shomurodovdan yangi chempionatda katta ishtiyoq kutayotgangani yashirmayapti.

Sports.uz o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga italiyalik murabbiy va mutaxassislarning Eldor Shomurodov haqidagi fikrlarini havola etadi.

Klaudio Raneri, “Kalyarii” bosh murabbiyi:

Shomurodov chempionatni a’lo darajada o‘tkazmoqchi. Eldor men undan nimalar talab qilishimni tushinib etdi. Hozir u mashg‘ulotlarda juda yaxshi ishlayapti. Bu holat meni to‘liq qoniqtirmoqda.

Franchesko Rikkardi, futbol tahlilchisi:

“Kalyari” yaqinda “Komo”ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida yangi mavsumda hujumkor o‘yinga e’tibor qaratishini ko‘rsatdi. Raneri shogirdlari keng maydon bo‘ylab harakat qildi va raqib darvozasiga ko‘p xavf solishga keng ulgurdi.

Bu uchrashuvda Pavoletti va Dzappa tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. Yosh iste’dod egasi Lella ham raqiblardan ustunlik qildi. Luvumbo hal qiluvchi golni urdi. Biroq, men uchun bu bellashuvda yangi hujumchi – Eldor Shomurodovning debyutini kuzatish, ayniqsa, qiziq bo‘ldi.

Luiji Piras, “Kalyari”ning sobiq hujumchisi:

“Kalyari” transfer bozorida yaxshi ishlayapti. Klaudio Raneri davrida jamoaga Augello, Skaffet, Yankto va Shomurodov olib kelindi.

Eldor yaxshi saviyadagi hujumchi. Oxirgi mavsumlarda u juda kam o‘ynadi. Endi o‘zbekistonlik legioner faoliyatini qayta jonlantirmoqchi.

Shomurodov markaziy hujumchi hisoblanadi. Lekin u vaziyatdan kelib chiqib, turli pozitsiyalarda o‘ynay oladi va bu qobiliyati orqali jamoani har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

363385278_833791494774872_1673561193202105631_n

Eslatib o‘tamiz, “Kalyari” Eldor Shomurodovni “Roma”dan keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga oldi. Kelishuvga ko‘ra, sardiniyaliklar ijara muddati uchun 1 million evro to‘ladi va kelasi yozda o‘zbek hujumchisini 9 million evroga to‘liq transfer qilish huquqi bor.

Bundan tashqari, “Kalyari” Shomurodov bilan 1+3 ko‘rinishida shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. Endi hammasi Eldor yangi mavsumni qanday o‘tkazishiga bog‘liq.

Shomurodov portlashini kutyapman!

Mashhur murabbiy Shomurodovga baho berdi

Fayzullaevning TsSKAga transferiga nima xalaqit qilyapti?

“Kalyari” muxlislari Shomurodov debyuti haqida nimalar deyapti?

“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?

Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi

TsSKA mazza qiladi: Fayzullaevning kuchli tomoni ko‘p, kamchiligi esa...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Muratbay
06/08/2023 21:51
Алдиндан гап Сузлар куп булса якши уйнаши кийинрак булади пададан алдин чанг чикармаган макул
ХОЛМУРОДОВ АМИР
06/08/2023 12:42
Елгон малумотларни берманглар илтимос кеча асосийда хам захирадаям уйнамадику
&
Mansurbek
06/08/2023 10:47
O‘ynasin endi. Xujumchi degan gol urishi kerak
Эргашев Файзулло
06/08/2023 09:50
Кеча уйнамадию захира кироли