
Gvardiola yulduz futbolchi uchun 100 million so‘rayapti
“Manchester Siti” rahbariyati jamoa futbolchisi Bernardu Silvani sotib yuborishga qaror qildi.
Klub portugaliyalik futbolchiga 100 million evro miqdorida tovon puli belgiladi.
Silva “Benfika” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Portugaliya chempionatidagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan keyin u “Monako”ga ko‘chib o‘tgandi.
“Manchester Siti” bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchini 2017 yilda 50 million evro evziga o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Bernardu mavsumni 50 o‘yinda kiritilgan 13 ta gol va ettita assist bilan yakunladi.
Fikrlar