Bu futbolchi tezroq ketmasa, “Barselona”ni vayron qiladi
“Barselona” moliyaviy qiyinchiliklar oqibatini yumshatish uchun jamoaga qimmatga tushayotgan o‘yinchilardan tezroq qutilishni rejalashtirmoqda.
Kataloniyaliklar ana shu maqsadda nidenlandiyalik pleymeyker Frenki de Yongni Angliya grandlariga pullamoqchi.
El Nacional nashrining yozishicha, “Barselona” mutasaddilari Frenki de Yongga anchadan beri qiziqish bildirib kelayotgan “Manchester Yunayted”ga bu futbolchini olishni taklif qilgan. Manchesterlik bosh murabbiyi Erik ten Xag Frenkini ilgari “Ayaks”da o‘ynatgan edi.
Endi kataloniyaliklar Frenki de Yong uchun avvalgidan ancha arzon badal puli so‘rayapti. Hozir klub uni 40-45 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. Bunga Frenkining maoshi sabab. De Yong har mavsum uchun 37,5 million evro maosh oladi va bu La Ligada eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Fikrlar