Bu futbolsi “Chelsi”ni AQShda mashhur qiladi

  • 03.11.2022 14:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” yangi xo‘jayini Todd Byoli amerikalik bo‘lgani uchun jamoasini o‘z yurtida ham mashhur qilmoqchi.

“Aristokratlar” bunga erishish uchun Evropadagi amerikaliklardan foydalanadi. Xususan, Todd Byoli jamoasiga “Yuventus”dagi yurtdoshi Uenston Makkennini olib kelishni mo‘ljallayapti.

24 yoshli futbolchi ayni paytda Massimiliano Allegri boshqarayotgan jamoaning asosiy figuralaridan hisoblanadi va maydonda o‘zini ko‘rsatib kelyapti. Todd Byoli Makkennining kelishi “Chelsi”ni AQShda nom qozonishiga sabab bo‘lishiga ishonmoqda.

Uenston Makkennini qo‘lga kiritish uchun londonliklar 40-45 million evro atrofida xarajat qilishi kerak. Bu summa Byoliga muammo tug‘irdirmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!