"Bu hikoya qanday yakunlanishini hamma biladi"

  • 18 noyabr, 2021, 09:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Futbol agenti Mino Rayola o‘z mijozi Janluiji Donnarumma har doim ham PSJ asosiy tarkibida o‘ynamasligini ta’kidladi. 

"Muammo bor yoki yo‘qligini bilmayman. O‘ylaymanki, bu hikoya qanday yakunlanishini hamma biladi. U bilan hammasi yaxshi bo‘ladi. 

Biroz sabr qilish kerak. Bilaman, u ilgari duch kelmagan vaziyatga tushib qolgan. Buni faqat muloqot orqali, asta-sekin hal qilish mumkin", - dedi Rayola. 

Joriy mavsumda Donnarumma Parij klubi safida umumiy 7 ta bahsda maydonga tushdi. Uning raqobatchisi Navas esa 11 ta o‘yin o‘tkazdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!