Bu jamoani engib bo‘lmaydi

  • 17.08.2020 23:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa ligasining yarim final uchrashuvida “Manchester Yunayted” ustidan irodali g‘alabaga erishgan “Sevilya” mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasini 20 ta uchrashuvga etkazib, o‘z rekordini yangiladi.

“Sevilya” oxirgi marotaba 9 fevral kuni La Liganing 23-tur uchrashuvida “Selta”ga 1:2 hisobida engilgan edi. Shundan buyon bu jamoani Ispaniyada ham, Evropada ham to‘xtatadigan jamoa topilmayapti.

Endi ispaniyaliklar Evropa Ligasi finalida “Inter” va “Shaxtyor” jamoalari bahsi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Evropa Ligasining finali 21 avgust kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!