Bu murabbiy bizga Xolandni olib beradi!
“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoani vaqtinchalik boshqarishgaasosiy nomzod bo‘lgan Ralf Rangnikdan boshqa maqsadda ham foydalanmoqchi.
Klub xo‘jayinlari germaniyalik mutaxassis yordamida “Borussiya” to‘purari Erling Xolandni jamoaga olib kelishni rejalashtirmoqda. Chunki, Rangnik norvegiyalik hujumchi bilan yaxshi tanish va uning tanloviga ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Rangnik ilgari Erling Xoland o‘ynagan “Zaltsburg” jamoasini boshqargan.
Shunga qaramay, yosh hujumchini olish oson bo‘lmaydi. Xoland “Zaltsburg”dan Dortmund klubiga o‘tganidan keyin barcha musobaqalarda 70 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 71 ta to‘p kiritdi va 19 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar