
Bu murabbiy Ronalduni mensimadi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ayni vaqtda o‘ziga yangi jamoa qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
Portugaliyalik futbolchiga APLdan "Chelsi" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqqandi. "Maily Sport" nashri bergan xabarga ko‘ra, "aristokratlar" ustozi Tomas Tuxel Ronalduni o‘z jamoasida ko‘rishni istamayapti. Garchi, nemis mutaxassisi uning muxlisi bo‘lsa-da, mazkur transfer jamoasiga foyda keltirishiga ishonchi komil emas.
Avvalroq, "Bavariya" afsonasi hamda boshqaruv raisi a’zosi Oliver Kan ham uning transferi Myunxen klubi falsafasiga to‘g‘ri kelmasligi haqida gapirgandi.
Fikrlar