Bu tasodifmi yoki ...

  • 28.02.2022 18:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, kecha Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida “Paxtakor” va “Nasaf” klublari o‘rtasida futbol bo‘yicha 2022 yilgi O‘zbekiston Superkubogi bahsi bo‘lib o‘tdi.

Dragan Cheran tomonidan bosh bilan kiritilgan yagona gol “sherlar”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa “Paxtakor” mavsumdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston Superkubogi tarixida 1:0 hisobi 3-marta qayd etildi. Yanada hayratlanarlisi, avvalgi 2 ta 1:0 hisobidagi o‘yin ham aynan “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda qayd etilgan.

2016 yil, “Bunyodkor” (Toshkent)

“Nasaf” – “Paxtakor” 1:0

***

2021 yil, “Dinamo” (Samarqand)

“Paxtakor” – “Nasaf” 1:0

***

2022 yil, “O‘zbekiston” (Farg‘ona, Yaypan)

“Paxtakor” – “Nasaf” 1:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!