Bugun 3 nafar taekvondochimiz medallar uchun kurash olib boradi!

"Olimpiya shaharchasi"dagi Yakkakurash sport majmuasida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari boshlanmoqda.

Dasutga ko‘ra, bugun yigitlar -48 kg, -55 kg, qizlar esa -55 kg vazn toifalaridagi bahslarda ishtirok etishadi. Unda yurtimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qilishadi:

Yosinbek Odilov (-48 kg) 
Azizbek Sattorov (-55 kg) 
Rushanaxon Ravshanova (-55 kg).

13 aprel kuni uchun dastur vaqtlari:

9:00 — 14:00 (Saralash bosqichi)
15:00 — 17:00 (Nimchorak va chorak final bosqichi)
17:30 — 19:30 (Yarim final va final bosqichi).

Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!