Bugun 6 nafar bokschimiz yarim finalda ringga ko‘tariladi. Janglarni kuzatib boring
Grozniy shahrida boks bo‘yicha Ahmad hoji Qodirov turnirining yarim final janglari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu bosqichga qadar 6 nafar bokschimiz etib kelgan. Oldinroq esa -64 kgda Sulaymon Latipov, -52 kgda Mironshoh Ibragimov va -75 kg vaznda Suhrob Qayimov musobaqani tark etdi.
-56 kg: Umid Jo‘raev - Aleksandr Lavryushuk (Belarus)
-64 kg: Shukurjon Rahimov - Usman Magomadov (Rossiya)
-69 kg: Temur Saidov - Filip Vaxala (Polsha)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Jabroil Bersunukaev (Rossiya)
-81 kg: Odiljon Aslonov - Ivan Viktarovich (Belarus)
-91 kg: Amirshox Samadov - Abubakr Mutselxanov (Rossiya)
Janglar Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.


Fikrlar