Bugun "el-klasiko". Uchrashuvni qaysi telekanal namoyish etadi?

  • 20.03.2022 03:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, bugun tunda Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan "Real" Madrid jamoasi Chempionlar ligasi yo‘llanmasini beruvchi o‘rinlar uchun kurashayotgan "Barselona"ni o‘z maydonida qabul qiladi. 

Tobora yaxshi o‘yin namoyish etayotgan "ko‘k-anorranglilar" uchun mazkur bahs muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Madrid klubi ham bu bellashuvda g‘alaba qozonish evaziga La Liga chempionligini deyarli hal qiladi. 

Ushbu klublar o‘rtasidagi super qarama-qarshilikni Futbol TV telekanali orqali 01:00dan boshlab jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. 



Ortiqcha afishasiz! Bu shunchaki "el-klasiko"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!