Bugun “Lokomotiv”ga bir qator etakchilar yordam bera olishmaydi
Bugun “Lokomotiv” milliy chempionatimiz 14-tur o‘yinlari doirasida “Dinamo”ga qarshi bahs olib boradi.
Ta’kidlash joizki, mazkur uchrashuvda "temiryo‘lchilar"ga bir qator etakchi futbolchilar yordam bera olishmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Diyor Turopov, Islom To‘xtaxo‘jaev hamda Marat Bikmaevda jarohat bor ekanligi sabab ushbu futbolchilar bugungi bahsni o‘tkazib yuborishadi.
Qolaversa, sariq kartochkalari to‘planib qolgani uchun Jaloliddin Masharipov ham “Dinamo”ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” – “Dinamo” qarama-qarshiligi soat 19:00da “Lokomotiv” stadionida start oladi.

Fikrlar