Bugun Odil Ahmedovdan gol kutamiz!

  • 2 avgust, 2020, 10:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoy chempionatining ikkinchi tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.Bu yilgi musobaqada jami 16 ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda bahs olib boryapti. Qoidaga ko‘ra, har bir guruhdan to‘rttadan jamoa pley-offda chempionlik uchun kurashni davom ettiradi. Qolgan jamoalar esa, yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun o‘ynaydi.

Tecno

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov o‘ynayotgan “Shanxay SIPG” jamoasi birinchi turda safarda “Tyantszin Teda”ni mag‘lubiyatga uchratib, o‘z guruhida peshqadamga aylangan.  

Bugun tarkibida Oskar, Xalk, Arnautovich va Odil Ahmedov kabi etakchi futbolchilari bor “Shanxay SIPG” o‘z maydonida “Xebey Chayna Forchun” jamoasini qabul qiladi. “Shanxay SIPG”ning birinchi o‘yinida jamoadoshiga golli pas oshirgan Odil Ahmedovdan bugun muxlislar gol kutmoqda.

O‘yin Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!