Bugun para atletlarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashadi

BEPUL PROPAN

Dunyoning 122 ta davlatidan jami 1400 nafar sportchi o‘zaro bahs olib boradigan mazkur chempionatda yurtimiz sharafini 26 nafar para atletimiz himoya qiladi.

Jahon chempionatining dastlabki kungi dasturidan o‘rin olgan yadro uloqtirish, disk uloqtirish, uzunlikka sakrash hamda 1,500 m yugurish bellashuvlarida O‘zbekiston nomidan 6 nafar sportchi ishtirok etadi.

Payshanba, 7 noyabr 2019 y.

09:40 | Yadro uloqtirish (Saralash) - Faruxjon Saidxodjaev

10:00 | Disk uloqtirish (Saralash) - Moxigul Xamdamova

19:03 | Uzunlikka sakrash (Final) - Doniyor Saliev

19:58 | Nayza uloqtirish (Final) - Nurxon Qurbonova

20:17 | Yadro uloqtirish (Final) - Faruxjon Saidxodjaev

20:47 | 1,500 m masofaga yugurish (Final) - Faxriddin Xamraev

21:40 | 1,500 m masofaga yugurish (Final) - Ma’rufjon Murodullaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!