Dembele bugun boshqa jamoaga o‘tishi kutilmoqda
“Barselona”ning hujumkor futbolchisi Usmon Dembele qishki transferlar oynasining so‘nggi kunida PSJga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Ikki klub 30 yanvar kuni transfer bo‘yicha muzokara o‘tkazgan edi. Biroq tomonlar frantsiyalik futbolchi bo‘yicha kelisha olmadi.
Mashhur jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, parijliklar 24 yoshli futbolchini olish fikridan qaytgani yo‘q. Ular 31 yanvar kuni kataloniyaliklar bilan hal qiluvchi uchrashuvni o‘tkazadi.
Agar tomonlar bu muloqotda bir to‘xtamga keladigan bo‘lsa, yozda erkin agentga aylanadigan frantsiyalik o‘yinchi o‘z yurtiga qaytib ketadi. “Barselona” agar uni bugun sotib yuborolmasa, Dembele yozda erkin agent sifatida klubni bepul tark etadi.
Usmon Dembele joriy mavsumda atigi olti bor maydonga tushdi va ikkita golli pas oshirdi.

Fikrlar