Bugun U-23 Osiyo kubogi gʻolibi nomi aniqlanadi

  • 24.01.2026 13:19
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistoni yashil maydonlari mezbonlik qilgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi bahslari o‘zining yakuniy qismiga yetib keldi. Bugun O‘zbekistonni musobaqadan chiqarib yuborgan Xitoy vakillari yaponiya­lik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi.

Kechа musobaqaning bronza medali uchun o‘tkazilgan uchrashuvda Vьetnam terma jamoasi Janubiy Koreya bilan bahs olib bordi. Bellashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida g‘olib nomi aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida  Vьetnam g‘olib bo‘lib, musobaqani 3-o‘rin bilan yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!