Bunaqa Ronaldu bizga kerakmas!

  • 15.08.2022 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” mutasaddilari Krishtianu Ronaldu xizmatini “Inter” va “Milan”ga taklif qildi, deb xabar tarqatdi italiyalik insayderTankredi Palmeri.

Manbaning ta’kidlashicha, Milan shahrining har ikki klubi ham 37 yoshli to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olishni istamagan.

Ronaldu Chempionlar ligasidagi seriyasi to‘xtashini istamayapti va imkon qadar tezroq Evropaning eng nufuzli turnirida ishtirok etadigan jamoaga o‘tishni mo‘ljallab yuribdi.

Krishtianu manchesterliklar bilan mavsumoldi yig‘inida qatnashmadi. Portugaliyalik yulduzning hozirgi tayyorgarligi talab javob bermaydi. “Manchester Yunayted” Angliya premer-ligasining dastlabki ikki uchrashuvida o‘zidan kuchsiz jamoalarga imkoniyatni boy berib, musobaqa jadvalida oxirgi o‘rinda qayd etilgan.

Krishtianu Ronaldu nursiz o‘yinlari uchun muxlisu mutaxassislar tomonidan keskin tanqid qilinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!