
Bunaqasi bo‘lmagan! “Liverpul” rekord transferga qo‘l urmoqda
Angliya Premer-ligasining amaldagi g‘olibi “Liverpul” tarkibini kuchaytirish uchun superforvard olish fikrini o‘zgartirgani yo‘q.
The Sun nashrining yozishicha, avvalgi urinishlari barbod bo‘lganiga qaramay, mersisaydliklar Aleksandr Isaak bo‘yicha “Nyukasl”ga yangi taklif tayyorlamoqda.
Bu gal Arne Slot jamoasi nyukaslliklarga shved hujumchisi uchun 130 million funt sterling taklif qiladi. Bu summa Angliya klublari uchun rekord hisoblanadi. Hali zamonaviy futbol vatanida biror klub bu qadar katta mablag‘ evaziga bir futbolchini xarid qilmagan.
“Liverpul” mavsum boshlanishidan avval Isaak transferi uchun 110 million funt tikkan edi. biroq “Nyukasl” rahbariyati transferga ko‘nmadi.
Hozir klub va futbolchi o‘rtasida kelishmovchilik bor. 25 yoshli forvard rahbariyat uni “Liverpul”ga qo‘yib yubormagani uchun mashg‘ulot va uchrashuvlarda qatnashishdan bosh tortib kelmoqda.
Fikrlar