Bunaqasi ketmaydi! Mourino “Roma” rahbarlaridan norozi!
Joze Mourino kelasi mavsumda shogirdlari bilan bir necha maqsadlar sari kurashishi talab etiladi. Portugaliyalik mutaxassis oldiga Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish, Italiya kubogida g‘olib chiqish va Evropa ligasi bosh sovrinini olish vazifalari qo‘yilgan.
Mourino bu talablarni bajarish uchun birinchi navbatda yuqori malakali ijrochilar transfer qilinishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Shunga qaramay, klub mutasaddilari transfer bozorida sust harakat qilayotgan Mourinoning noroziligiga sabab bo‘layotir.
Jamoa 5 iyul kuni mavsumoldi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi. Bosh murabbiy tanlagan transfer nishonlarini shu kunga qadar jamoaga olib kelish muhim hisoblanadi. “Roma” rahbariyati esa hozircha faqatgina “Manchester Yunayted”ni tark etib, erkin agentga aylangan Nemanya Matich bilan shartnoma tuzdi xolos.

Fikrlar