Bundesliga. "RB Leyptsig" o‘z maydonida ochko yo‘qotdi
Kecha Germaniya Bundesligasining 28-turida musobaqa peshqadamlaridan biri hisoblangan “RB Leyptsig” o‘z maydonida “Gerta”ni qabul qildi.
Etakchiga qarshi bahsda berlinliklar ham bo‘sh kelishmadi. Uchrashuv 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi.
Ushbu o‘yindan keyin “RB Leyptsig” o‘z ochkolarini 55 taga etkazib oldi va 3-o‘rinda qoldi. “Gerta” esa 35 ochko bilan 10-o‘ringa ko‘tarildi.

Fikrlar