Buni dunyoda faqat Ronaldu uddalagan

  • 3 dekabr, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu qit’a va jahon chempionatlari miqyosida ajoyib rekord o‘rnatdi.

Tecno

Qatardagi jahon chempionatining guruh bosqich uchinchi turida Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazilgan o‘yin Ronalduning nomini tarixga muhrladi.

Bu uchrashuv 37 yoshli hujumchi uchun jahon chempionatlari final bosqichidagi 20-o‘yin sifatida qayd etildi. Shu tariqa, Ronaldu ham Evropa chempionati, ham mundialda 20 marotaba maydonga tushgan birinchi futbolchiga aylandi.

Krishtianu Evropa chempionatlari final bosqichida 20 ta o‘yin o‘tkazgan. Bundan tashqari, jahon chempionligi portugaliyalik yulduz g‘alaba qozona olmagan yagona nufuzli musobaqa hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!