Bunu butun Afrika tarixiga kirdi

  • 10.12.2022 22:23
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 1
  • Futbol

Biroz oldin JCh-2022 chorak final doirasida Marokash Portugaliyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bugun Marokash terma jamoasi safida 50-uchrashuvini o‘tkazgan Yassin Bunu bir mundial davomida uch o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan tarixdagi ilk afrikalik kiperga aylandi.

Marokashliklarning yana bir qahramoni, asosiy golga mualliflik qilgan Yusuf En-Nesiri esa bir jahon chempionatida gol urish bo‘yicha jamoa rekordchisiga aylandi (3). 

Eslatib o‘tamiz, Marokash endi yarim finalda Angliya yoki Ispaniya g‘olibi bilan bahs olib boradi. Bu uchrashuv bugun birozdan so‘ng start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Оалаьатул Лвлвлвдвл
10/12/2022 22:52
Англия Франция билан уйнайди.