"Bunyodkor" murabiiyi derbidagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 16 aprel, 2021, 20:29
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "qaldirg‘ochlar" bosh murabbiyi Shuxrat Maqsudov ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Avvalo, "Loko"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun alamli mag‘lubiyatga uchradik. Birinchi taymda shogridlarimni tanimadim. Futbolchilar 1-goldan keyin men xohlagan o‘yinni ko‘rsatishdi. Aytishim mumkinki, derbiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik.

Avvalgi o‘yinlardan ko‘ra bugun birinchi taymni yomonroq o‘tkazdik. Men shogirdlarimni tushunmayapman. Keyingi uchrashuvlarda yigitlarni boshqacha o‘yin ko‘rsatishini kutib qolamiz.

Mavsumlar oralig‘ida jamoa asosiy tarkibidan 6 nafar futbolchi ketdi. Ularning o‘rnini to‘ldirish qiyinchilik tug‘dirmoqda. Endi transfer oynasi ochilganidan keyin biroz narsa qilishimiz mumkin".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!