"Bunyodkor" tarixda bunaqa o‘ynamagan, "Qo‘qon-1912"ning Jizzaxdagi omadsiz yurishi yana davom etdi, "Nasaf" mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti
Bugun Superliganing 10-turidan o‘rin olgan 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Professional ligasi matbuot xizmati ushbu o‘yinlarda qayd etilgan qiziqarli faktlarni e’lon qildi.
- “Nasaf” joriy mavsum mag‘lubiyatga uchramagan ikki jamoadan biri bo‘lib turibdi (5 g‘alaba, 3 durang)
- “Bunyodkor” o‘z tarixidagi eng yomon startni qayd etmoqda. Jamoa dastlabki 10 tur davomida 12 ochko jamg‘ardi. Jamoaning bundan oldingi eng yomon starti 2017-yilda qayd etilgan — 13 ochko. O‘sha mavsum so‘nggida “qaldirg‘ochlar” 4-o‘rinni egallagan.
- “So‘g‘diyona” so‘nggi bor 3 gol farq bilan 2021-yil 11-mayda g‘olib bo‘lgan (“Andijon”ga qarshi, 4:1).
- Shohruz Norxonov joriy mavsumning 10 turida 6 ta gol (3 tasi penaltidan) kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchi 2021-yil 10 ta turda raqiblar darvozasini 7 marta (2 tasi penaltidan) ishg‘ol qilgan edi.
- “Qo‘qon-1912” “So‘g‘diyona” maydonida g‘alaba qozonmagan. Qo‘qonliklar jizzaxliklar maydoniga 17 marta safar uyushtirib, shularning 5 tasida durang o‘ynagan. Qolgan 12 bellashuvda esa mezbonlarning qo‘li baland kelgan.

Fikrlar