"Bunyodkor"dan yirik g‘alaba!

  • 05.06.2021 23:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qilayotgan “Bunyodkor” bugun ilk nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Bekobodning “Metallurg” jamoasi bilan to‘qnash kelgan “qaldirg‘ochlar” yirik hisobda g‘alada nashidasini surdi.

Nurillo To‘xtasinov, Mirjahon Mirahmadov, Xurshid G‘iyosov va Shahboz Erkinov tomonidan urilgan gollarga raqib bir bor javob qaytara oldi. Hisob - 4:1.

Jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvlarini 9 hamda 12 iyun kunlari o‘tkazadi.

“Bunyodkor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!