"Bunyodkor"ning OChL saralashidagi raqibi haqida nimalarni bilasiz?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Cuperligasining 2019 yilgi mavsumida 3-o‘rinni olgan holda OChLning 2-saralash bosqichidan ishtirokini boshlaydigan "Bunyodkor" ushbu bosqich doirasida Iroq Premer-ligasida yakuniga etgan mavsumda 3-o‘rinni egallab, musobaqaga etib kelgan "Al-Zavra"ga qarshi bahs olib boradi. Xo‘sh, "qaldirg‘ochlar"ning bo‘lg‘usi raqiblari kim?

"Al-Zavra" sport klubi Iroq poytaxti Bag‘dod shahrining g‘arbiy hududlaridan bo‘lgan Utayfiyada joylashgan. Jamoa Iroq Premer-ligasining eng nomdor vakillaridan biri. Klub 1959 yilda tashkil topgan va hali biror marta yuqori diviziondan tushib ketmagan. Iroqning 14 karra chempioni (rekord ). Jamoa 2018/2019 yilgi mavsumda Iroq kubogini 16 bor qo‘lga kiritishdi va ular bu borada ham etakchi hisoblanishadi.

qasu

Jamoa nomi: Al-Zavra SK

Laqabi: Baliqchi qushlar

Tashkil topgan: 1959 yil 29 iyun

Stadion: Al-shaab

Boshqaruvchi: Iroq transport vazirligi

Prezident: Falah Xassan

Murabbiy: Basim Kasim

Yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari, klub 3 karra Iroq kubogi hamda 4 karra Iroq Superkubogi sohibi hamdir. 1999/00 yilgi mavsumda o‘z milliy chempionati doirasidagi barcha kuboklarga ega chiqqan. 1993-1994 yillarda jami 39 o‘yinda "Al-Zavra" mag‘lub bo‘lmagan va bu Iroq klublari orasida rekord hisoblanadi.

za

Garchi jamoa ichki chempionatda ancha sermahsul bo‘lsa-da, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda natijalar aytarlik emas. 1996/97 yili "Osiyo klublari chempionati"da to‘rtinchi o‘rin, 1999/00 yili Osiyo kubok egalari kubogi finalchisi bo‘lgan.

OChL ning ushbu formati qabul qilingan 2002 yildan beri klub guruh bosqichidan nariga o‘tolmay kelmoqda. Umuman, bu "Al-Zavra" uchun OChLdagi beshinchi ishtirok.

Eslatib o‘tamiz, OChL 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan "Bunyodkor" va "Al-Zavra" klublari o‘rtasidagi o‘yin 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Internet ma’lumotlari asosida Ismoil Yo‘ldoshev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!