Butunjahon shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston turnir favoriti Ukrainani mag‘lub etdi
Ayni kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida shaxmat bo‘yicha 45-Butunjahon olimpiyadasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi amaldagi chempion sifatida o‘z unvonini himoya qiladi.
Yigitlar jamoasi bugungi o‘yinda ancha kuchli raqib Ukrainani 3:1 hisobida mag‘lub etishdi.
Ayollar jamoamiz esa Gretsiyani 2.5 : 1.5 hisobida taslim etdi.
Shaxmatchilarimizga keyingi turlarda omad tilab qolamiz!




Fikrlar