Butunjahon shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston Serbiyani mag‘lub etdi

  • 19 sentabr, 2024, 23:55
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida shaxmat bo‘yicha 45-Butunjahon olimpiyadasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi amaldagi chempion sifatida o‘z unvonini himoya qiladi.

Tecno

Yigitlar jamoasi bugungi o‘yinda Abdusattorovning mo‘jizakor g‘alabasi bilan dramatik kechgan bahsda Serbiyani  2.5-1.5 hisobida mag‘lub etishdi.

Ayollar jamoamiz esa AQSh terma jamoasiga 3.5-0.5 hisobida imkoniyatni boy berishdi. E’tiborli tarafi, okeanorti davlati tarkibida o‘zbekistonlik Gulruxbegim Toxirjonova qatnashdi. Yodingizda bo‘lsa, mazkur hamyurtimiz bir necha yil avval AQSh fuqaroligini olgan va halqaro musobaqalarda aynan shu yurt sharafini himoya qilayotgan edi. 

Asosiysi shaxmatchilarimizga keyingi turlarda omad va zafarlar tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!