Butunjaxon shaxmat olimpiadasi boshlandi! O‘zbekiston terma jamoasining tarkibi bilan tanishing

Bugun shaxmat olimpiadasi boshlanadi! O‘zbekiston mazkur musobaqada amaldagi chempion sifatida qatnashadi

11 sentyabrdan 22 sentyabrga qadar Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Joriy yilda erkaklar dasturida 193 ta, ayollar o‘rtasida esa 181 ta jamoa ishtiroki kutilmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:

Erkaklar terma jamoasi: 

Nodirbek Abdusattorov
Javohir Sindarov
Nodirbek Yakubboev
Shamsiddin Vohidov
Jahongir Vahidov


Qizlar terma jamoasi:

Afruza Hamdamova
Nilufar Yakubboeva
Umida Omonova
Marjona Malikova
Nodira Nodirjonova

Yigitlarimizga 1 turda Trinidad va Tobago terma jamoasi raqib bo‘lsa, qizlarimiz Gaiti bilan kuch sinashadi. Musobaqa shveytsarcha formatda jami 11 ta turdan iborat bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi yil Hindistonda bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi chempion bo‘lgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!